1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistondagi zavodda yirik yong‘in chiqdi

U yerda iPhone uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarilgan.

Hindistondagi zavodda yirik yong‘in chiqdi

Hindiston janubidagi Tamilnadu shtatidagi Tata Electronics Private Limited korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, iPhone uchun butlovchi qismlar ishlab chiqariladigan zavodning butlovchi qismlarni bo‘yash bo‘limida yong‘in boshlangan. Shundan so‘ng hududni qalin tutun qoplagan, ishchilar va mahalliy aholi orasida vahima boshlangan.

 

Barcha xodimlarni binolardan evakuatsiya qilish va yong‘inni o‘chirish uchun yettita o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilingan. Hodisa vaqtida korxonada 1500 ga yaqin ishchi bo‘lgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida maʼlumot berilmadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика