1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistonlik jarroh bemorni YouTube darsi orqali operatsiya qildi

Biroq bemor noto‘g‘ri amaliyot sabab vafot etgan.

Hindistonlik jarroh bemorni YouTube darsi orqali operatsiya qildi

15 yoshli o‘smirning oilasi o‘g‘li qusish va qorindagi kuchli og‘riqlar shikoyati bilan kasalxonaga yotqizilganini aytdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, shifokor operatsiyani YouTubeʼdagi videodarslik yordamida amalga oshirgan. Operatsiya vaqtida bolaning yuragi to‘xtab qolgan va uni zudlik bilan boshqa shifoxonaga olib ketishgan, biroq uni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

 

Bolaning qarindoshlari shifokorni beparvolikda ayblamoqda. Hozirda tegishli organlar hodisa sabablarini aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun tergov ishlarini boshlab yuborgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика