Shu kunlarda ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan ichimlik suvi hisoblagichlarida nosozlik aniqlanganda ularni taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xarajatlar kim tomonidan qoplanishiga oid tartib noto‘g‘ri talqin qilinayotgani kuzatilmoqda. “O‘zsuvtaʼminot” AJ Axborot xizmati maʼlumot taqdim etdi.
Unga ko‘ra, suv taʼminoti tashkilotlari suv hisoblagichini davriy tekshiruvdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugashidan 30 kun oldin isteʼmolchini suv hisoblagichini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantiradi. Suv hisoblagichini davriy tekshiruvdan o‘tkazish jarayonida suv hisoblagichida nosozlik aniqlanganida, hisoblagichni taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish taʼminotchi korxona hisobidan amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, 2023 yil 1 yanvardan boshlab, aholi isteʼmolchilari uchun shu muddatdan keyin qiyoslash muddati tugagan suv hisoblagichlarini yangisiga almashtirish suv taʼminoti korxonalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Yuqorida nazarda tutilmagan boshqa holatlarda suv hisoblagichini taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar isteʼmolchi tomonidan qoplanadi.


