Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm viloyatining yangi hokimi ham taʼtilga chiqadimi?” sarlavhali xabar tarqaldi. Bunga viloyat hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, viloyatdagi barcha shahar va tuman hokimlari salomatliklarini mustahkamlash maqsadida 2023 yilning 1 yanvaridan 10 kun mobaynida taʼtilda bo‘ladi.
“Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Rahimov esa taʼtilga chiqmasdan, ish faoliyatini davom ettiradi”, — deyiladi xabarda.


