1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Hokimlarning vakolati qisqartirilmoqda

Bu bo‘yicha qonunchilikka yangi norma kiritiladi.

Hokimlarning vakolati qisqartirilmoqda

 

Qonunchilikka “Hokim bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas” degan norma kiritilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qo‘shma yig‘ilishida maʼlum qilindi.

 

Qayd etilishicha, avvalgi muhokamalarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qoida chiqarib tashlangan edi.

 

Biroq jamoatchilik tomonidan berilgan takliflarda bunday o‘zgarishning o‘zi yetarli emasligi, yaʼni hokimlar xalq deputatlari Kengashlarida rahbar bo‘la olmasligi aniq ko‘rsatilishi kerakligi bildirilgan.

 

Shunga muvofiq, endilikda “hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas” degan qatʼiy norma o‘rnatilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика