1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganiga izoh berildi

AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganini tushuntirdi.

Homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganiga izoh berildi

 

«Buning asosiy sababi – koronavirusga qarshi vaksinalarning klinik sinovlari homilador va emizikli ayollarda o‘tkazilmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talabiga ko‘ra, klinik sinovlar aholining qaysi qatlamida o‘tkazilgan bo‘lsa, vaksinalar ham o‘sha qatlam orasida qilinishi lozim.

Bundan tashqari, bugungi kunda bu borada butun dunyo olimlari, xususan, o‘zimizda ham emizikli ayollarni emlash bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda. Masalan, sutemizuvchi hayvon – sigirlarda vaksinalar sinovdan o‘tkazildi, hozircha hech qanday nojo‘ya taʼsir sezilmadi. Emlangan sigir sutida antitanachalar topildi. Bu – emizuvchilar emlangan taqdirda, kasallikka qarshi immunitet uning bolasiga ham o‘tadi degani.

O‘ylaymanki, keyingi bosqich sinovlarda emizikli ayollarga ham qo‘llash mumkin. Hozirgacha bo‘lgan tadqiqotlar nojo‘ya taʼsiri yo‘q ekanini ko‘rsatmoqda», dedi mutaxassis.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика