Turkiyalik seysmologlar Istanbulda halokatli zilzila sodir bo‘lishini bashorat qilishdi – megapolis Anadolu va Yevroosiyo tektonik plitalari tutashgan joyda joylashgan.
Mutaxassislarning fikricha, kutilayotgan Istanbul zilzilasi olib kelishi mumkin bo‘lgan vayronagarchiliklar iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlar jihatidan Qahramanmarashdagi yo‘qotishlardan oshib ketadi. Boshqacha aytganda, Qahramanmarash zilzilasi deyarli Istanbul zilzilasining repititsiyasidir.
Qayd etilishicha, Istanbuldagi binolarning 70 foizi 2000-yilgacha qurilgan. Ta’kidlanishicha, oxirgi zilzila paytida bir necha yil avval "seysmik chidamli" deb qurilgan hashamatli majmualar vayron bo‘lgan.
Avvalroq Turkiya hukumati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qahramanmarash, Usmoniya, Hatay, Kilis, Gaziantep, Diyarbakir, Shanliurfa, Adana, Adiyaman, Malatya va Elazig‘da sodir bo‘lgan zilzilalarda jami 38 ming 44 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.


