1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hududlar masalasini Ukraina xalqi hal qilishi kerak — Zelenskiy

Ukraina prezidenti hududlarga oid har qanday qaror Ukraina fuqarolari tomonidan saylov yoki referendum yo‘li bilan hal qilinishi kerakligini ta'kidladi.

Hududlar masalasini Ukraina xalqi hal qilishi kerak — Zelenskiy

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududlarga doir har qanday masala bo‘yicha yakuniy qaror Ukrainada saylov yoki referendum orqali xalq tomonidan qabul qilinishi zarurligini ta’kidladi. Bu haqda prezidentning so‘zlarini AFP axborot agentligi keltirmoqda deydi Lenta.ru nashri.

 

Prezidentning boshqa bayonotlarida quyidagilar qayd etilgan:

AQSh va Rossiya Donetskni “erkin iqtisodiy hudud” yoki “demilitarizatsiya qilingan zona” sifatida atamoqda, biroq uni kim boshqarishi masalasida aniqlik yo‘q. Zelenskiyga ko‘ra, kelishuvning asosiy sharti — Rossiya qo‘shinlarining ushbu hududdan chiqarilishi.

 

Hujjat loyihasida Xarkov va Sumi viloyatlarining bosib olingan qismlaridan, shuningdek, Dnepropetrovskdan Rossiya qo‘shinlarini olib chiqish taklif qilingan.

 

Xerson va Zaporojye viloyatlarida Ukraina qo‘shinlari hozir turgan chiziqlarda qolishi ko‘zda tutilgan.

 

Rossiya Zaporojye AESni o‘zida qoldirishni istamoqda, Ukraina esa bunga qarshi. AQSh esa stansiyani boshqarish bo‘yicha qo‘shma formatni taklif qilmoqda.

 

Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash hamda xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishuvlar imzolaydi. Mamlakat uchun Ikkinchi jahon urushidan keyingi “Marshall rejasi”ga o‘xshash tashabbus amalga oshirilishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика