1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Hududlarda MTT tarbiyachilariga oylik berilmayotgani aytildi

Holatga rasmiylar izoh berib, buning uchun uzr so‘rab chiqdi.

Hududlarda MTT tarbiyachilariga oylik berilmayotgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqda hududlardagi bog‘cha tarbiyachilariga oylik berilmayotgani haqida maqola eʼlon qilindi. Bunga Maktabgacha taʼlim agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomda xodimning aybisiz (hududdagi favqulodda holatlar, ob-havoning keskin sovib yoki isib ketishi natijasida mahalliy hokimliklar qarorlari asosida taʼlim muassasalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatilganda, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa favqulodda holatlar ro‘y berganida) bekor turib qolingan kunlar soni ham xodimning davomat kunlariga qo‘shilib, ish haqi xarajatlari uchun subsidiya miqdori hisoblanishi belgilangan.

 

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 yanvardagi 1-sonli bayoniga asosan joriy yil yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekistonning katta qismi sovuq antitsiklon taʼsirida bo‘lishi va 10 yanvardan boshlab havo harorati keskin pasayishini inobatga olib, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (MTT) navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilish bo‘yicha masʼul vazirliklarning taklifi maʼqullangan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga nodavlat MTTlar uchun navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilish tavsiya etilgan.

 

Biroq hududiy hokimliklarning bu masaladagi bayonlari (qarorlari) turlicha tasdiqlanib, ularda taʼtilning boshlanishi sanasi va uning davomiyligi belgilanmagan, faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish sanalari turlicha ko‘rsatilgan yoki aniq ko‘rsatilmagan (misol uchun, xonalarda havo harorati +20 darajadan yuqori bo‘lgan MTTlar bosqichma-bosqich faoliyatini boshlashiga ruxsat etilgan).

 

Bunday holatda davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat MTTga qonunchilikda belgilangan ish haqi xarajatlarini qoplashga yanvar oyi uchun subsidiya hajmini aniq hisoblash imkoni bo‘lmagan.

 

Shundan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ularda ishlaydigan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublika Hukumati tomonidan vaziyatga aniqlik kiritilib, tegishli qaror qabul qilingan.

 

Ushbu qarorga muvofiq, 2023 yil yanvar oyida Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi orqali tarbiyalanuvchilar davomatini yuritgan va ob-havo keskin sovib ketishi natijasida 1 fevralga qadar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan (yoki to‘laqonli yuritmagan) DXSH asosidagi, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, NMTTBATga kiritilgan xodimlari uchun qonunchilikka asosan ish haqi xarajatlarini qoplashga ajratiladigan subsidiya hajmi 2023 yil 10-31 yanvar davri uchun (ushbu davrda xodimlarning elektron davomatini yuritishidan qatʼiy nazar) to‘liq hisoblangan va to‘lovlar joriy yilning 6 martdan, yaʼni dushanba kunidan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

 

Maqolada “bir nechta hududda oilaviy va davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘cha mudiralari hamda tarbiyachilari 3 oydan beri maosh olmayotganidan shikoyat qilishmoqda”, deb yozilgan.

 

“Hozirgi kunda faqatgina yanvar oyi, yaʼni bir oylik ish haqi uchun subsidiya to‘lovlari kechiktirildi. Bunday holat yuzaga kelganligi uchun davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlaridan uzr so‘raymiz va fevral oyi ish haqi uchun subsidiya to‘lovlarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda kechiktirilmasdan amalga oshirilishini taʼminlanishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

 

Nizomning 16-bandida oilaviy MTTda ish haqi xarajatlari byudjet subsidiyalari hisobidan moliyalashtiriladigan xodimlardan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdorlarda ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga badal to‘lovlari hamda xodimlarga to‘lanadigan ish haqi summalari har bir xodim uchun NMTTBATda hisoblanadi va Moliya vazirligining axborot tizimiga yuboriladi. 

 

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqa ajratmalar ushlab qolingandan keyin hisoblangan ish haqi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim bo‘limlari orqali Moliya vazirligining tegishli axborot tizimi yordamida tuman (shahar) mahalliy byudjetlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oilaviy MTT xodimlarining tegishli bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi deb belgilangan.

 

Shuningdek, Nizomning 39-bandida DXSH asosidagi MTT rahbari ushbu tashkilot va xodimlariga tegishli bo‘lgan maʼlumotlarning NMTTBATga o‘z vaqtida kiritilishi, ularning to‘liqligi va haqqoniyligi bo‘yicha javobgar hisoblanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

 

“Biroq bugungi kunda kelib, bir qator DXSH asosidagi MTT rahbarlari, bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, ushbu tartibga rioya qilmagan holda o‘z xodimlariga tegishli bo‘lgan maʼlumotlar, shuningdek, ularning bank plastik kartalari to‘g‘risida maʼlumotlarni NMTTBATga kiritmaganligi aniqlanmoqda. Bunday holatni oldini olish maqsadida DXSH asosidagi MTT rahbarlari, xodimlariga tegishli bank plastik kartalari va boshqa zarur maʼlumotlarni, zudlik bilan NMTTBATga kiritishini so‘raymiz.

 

Aks holatda xodimlarning ish haqi subsidiyasini o‘z vaqtida to‘lab berish imkoniyati yo‘qligini maʼlum qilamiz hamda Nizomning 39-bandiga asosan NMTTBATga noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan maʼlumotlar kiritilishi natijasida subsidiya va kompensatsiyalarni moliyalashtirish imkoniyati bo‘lmasa, javobgarlik tegishli oilaviy MTT rahbariga yuklanganligini eslatib o‘tamiz”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика