Viloyatlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash uchun “BUSINESS INDICATOR” tizimiga murojaat qilinadi.
2021 yilning yakunlari bo‘yicha ham 14 ta viloyat hamda 205 ta tuman (shahar)larning reytingi aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
17 ta indikator bo‘yicha shakllantirilgan reytingdan 30 ga yaqin mas’ul idoralar tomonidan kiritilgan qariyb 4 mingta statistik ma’lumotlar tahlili o‘rin olgan.
O‘tgan yilgi biznes reytingida 14 ta hudud ichida 1-o‘rinni Navoiy viloyati egallagan bo‘lsa, oxirgi o‘rinni Qashqadaryo band etgan.


