1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

YUNESKO O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan rezolyutsiyani maʼqulladi

Rezolyutsiyada 2022-yil sentabrda Toshkent shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan konferensiyaning ahamiyati yuqori baholangan.

YUNESKO O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan rezolyutsiyani maʼqulladi

 

YUNESKO Ijroiya kengashining 217-sessiyasida O‘zbekiston tashabbusi asosida ishlab chiqilgan "Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni munosabati bilan Toshkent deklaratsiyasi" rezolyutsiyasi bir ovozdan maʼqullandi.

 

Rezolyutsiyada 2022-yil sentabrda Toshkent shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan konferensiyaning ahamiyati yuqori baholangan.

 

Mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishi – O‘zbekistonda fuqarolarning so‘z erkinligi va axborotdan foydalanish huquqlarini taʼminlash bo‘yicha islohotlar jarayonida erishilgan yutuqlar xalqaro darajada eʼtirof etilayotganining navbatdagi ifodasidir.

 

Hujjatni tayyorlashda hammuallif sifatida ishtirok etgan barcha hamkorlarimizga minnatdorlik bildiramiz va barcha hamkasblarni ushbu muhim voqea bilan tabriklaymiz.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика