Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirilishi munosabati bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi
Unga ko‘ra, davlat tilida markirovka qilinishi shart bo‘lgan import qilinadigan isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi va import qiluvchilar tomonidan ham amalga oshirilishi belgilandi (ilgari faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan edi).
Yuridik maslahatchilar tashkiloti yuridik maslahatchisi xalqaro huquq bo‘yicha maslahat berishi mumkin.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qo‘llashda Jahon savdo tashkiloti Savdodagi texnik to‘siqlar kelishuvining Vijdonan yondoshish amaliyoti Kodeks talablarini bajarilishini taʼminlaydi.
Mazkur qaror 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.


