1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

HUMO kartalari ishlashi vaqtincha to‘xtatildi

Xabar qilinishicha, to‘lov kartalaridan pullarni ikki marta yechib olish holatlari kuzatilgan.

HUMO kartalari ishlashi vaqtincha to‘xtatildi

 

Bugun, 5-aprel soat 12:30dan 13:00gacha terminallarni HUMO procyessingiga ulashda qisqa muddatli qiyinchiliklar yuzaga keldi. Soat 13:00ga kelib bu holat bartaraf etildi va HUMO kartalari bilan barcha operasiyalar qayta tiklandi.

 

Biroq, soat 15:00dan keyin kartalardan mablag‘larning ikki marotaba yechib olish va muvaffaqiyasiz tranzaksiyalar natijasida ham ikki marotaba yechib olishlar kuzatildi. 

 

Kelajakda bu kabi xavflar va nosozlik holatlari takrorlanmasligi uchun vaziyat sabablari to‘liq aniqlanib, bartaraf etilguniga qadar HUMO o‘z terminallari va to‘lov ilovalarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

Hozirda mobil ilovalarning ishlashi qisman tiklangan, yaqin vaqt ichida HUMOning boshqa barcha xizmatlari to‘liq hajmda ishlay boshlaydi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика