Kameralar Namangan shahridagi 13 ta hududda o‘rnatildi. 25 ta kompleks quyidagi qoida buzishlarni qayd etadi:
▪️tezlikni oshirish;
▪️svetoforning qizil chirog‘ida o‘tish;
▪️yo‘l belgilarini buzish.
“Sergak” kameralari — qozog‘istonlik ishlab chiquvchilar tomonidan yaratilgan aqlli video monitoring tizimi. Ular yo‘llarda qoidabuzarliklar va o‘limga olib keladigan baxtsiz hodisalar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.


