1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Hurmatli prokuror o‘rningizdan qo‘zg‘aling: hokimingiz "o‘ziga sig‘mayapti"

Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahri hokimining buralib so‘kinayotgani aks etgan audiosi tarqaldi.

Hurmatli prokuror o‘rningizdan qo‘zg‘aling: hokimingiz "o‘ziga sig‘mayapti"

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahri hokimi Alisher Raimovga tegishli, deb aytilayotgan audioyozuv tarqaldi. Unda hokimning bo‘ralab so‘kayotgani va bir tadbirkorni «qamoqqa tiqib qo‘ygani» aytiladi.

 

Toshkent viloyati hokimligi ushbu holatda audiodagi ovoz egasi haqiqatan ham Angren shahar hokimi Alisher Raimov ekanini tasdiqladi.

 

Holat bo‘yicha viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasining yig‘ilishi chaqirilgan.

 

Komissiya Angren shahri hokimining xatti-harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 595-sonli qarori meʼyorlari bo‘yicha ko‘rib chiqadi.

 

«Komissiya xulosasi asosida viloyat hokimi tegishli qaror qabul qiladi. Komissiya xulosasi va viloyat hokimining qarori rasmiy veb saytimizda eʼlon qilinadi», — deyiladi rasmiy xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика