1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Husnbuzarlar sizga noqulayliklar keltirayotgan bo‘lsa, o‘zingizga bo‘lgan munosabatni o‘zgartiring

Chunki bu teri kasalligi o‘zingizni yetarli darajada qadrlay olmasligingizdan darak beradi.

Husnbuzarlar sizga noqulayliklar keltirayotgan bo‘lsa, o‘zingizga bo‘lgan munosabatni o‘zgartiring

 

Odatda, husnbuzar, yuzning eng yog‘li joylarida o‘smirlik davrida paydo bo‘ladi va 20 yoshga to‘lguncha o‘tib ketadi. Biroq baʼzilarda ancha yillargacha saqlanib turadi.

Oddiy husnbuzarlar bir necha yilda izsiz o‘tib ketsa, baʼzi hollarda yillar davomida toshib, turli noqulaylik keltiradi. Bundan tashqari, tugunchali husnbuzarlar uzoq vaqt davomida rivojlanib, estetik nuqtaiy nazardan yoqimsiz oqibatlarga olib keladi. Chunki ular o‘rnida xunuk chandiqlar qoladi.

 

His-tuyg‘udagi to‘siq

 

Aytish mumkinki, husnbuzarlar toshishi bu — o‘zgalarni ongsiz ravishda o‘zidan itarish, o‘ziga yaqin yo‘latmaslik istagidir.

 

Husnbuzar — o‘ta taʼsirchan, odamovi inson tabiatiga xos belgidir. Shuning uchun ushbu toshmalarni o‘zlariga yuqori talab qo‘yadigan va o‘zlaridagi nuqsonlardan juda uyaladigan o‘smirlarda kuzatish mumkin. Ular yashirinishga intiladi va ayni vaqtda atrofidagilarni yoqimsiz tuyuladigan teri kasalliklari orqali o‘zlaridan chetlashtiradi.

 

Husnbuzar ko‘p hollarda ularni sevadigan yoki ular yoqtiradiganlarga mamnuniyat ato etish maqsadida o‘zlarini tabiiy ravishda tutmaydigan o‘smirlarda yuzaga keladi.

 

Mental darajadagi to‘siq

 

Agar siz o‘smirlik paytidan allaqachon o‘tgan bo‘lsangizu, biroq husnbuzarlar sizni baribir bezovta qilayotgan bo‘lsa, xayolan o‘sha davrga qaytib, hayotingizda bo‘lib o‘tgan barcha voqealarni sinchiklab tahlil qilib chiqing.

 

Husnbuzarlar shunda ham o‘tib ketmayotgan bo‘lsa, demak siz hali-hanuz o‘smirlik davrida vujudga kelgan psixologik jarohatlardan aziyat chekmoqdasiz.

 

Toshmalar balog‘at yoshiga yetganingizda ham paydo bo‘laversa, bu o‘smirlik paytida shaxsiyatingizga ziyon yetkazgan qandaydir salbiy his-tuyg‘ularni yuzaga chiqarmay, ichingizda saqlayotganingizdan darak beradi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика