Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov UNESCO ning tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro mukofotga loyiq topildi.
Maʼlum bo‘lishicha, Ekvatorial Gvineyaning Djibloxo shahrida mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Unda vazir Ibrohim Abdurahmonovga xalqaro mukofot topshirilgan. Mukofot miqdori 350 ming dollarni tashkil qiladi. Bu summa to‘rt g‘olib orasida teng bo‘linadi.


