1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Ichimlik suvi taqchilligiga yana bir sabab topildi

Amerikalik tadbirkorlar bu bo‘yicha ish olib borishdi.

Ichimlik suvi taqchilligiga yana bir sabab topildi

 

Amerikalik tadqiqotchilar sunʼiy intellekt ishlashi jarayonida ketadigan suv sarfini hisoblab chiqqan

 

Aytilishicha, ChatGPT 100 ta savolga javob berishi uchun bir litr suv sarflaydi. 

 

Maʼlumotlarga qaraganda, faqat GPT-3 til modeli asosida ChatGPT‘ni yaratish va o‘qitish uchun kuniga 700 ming litr suv kerak bo‘lgan. Bu 5000 kishilik kichik qishloqning kunlik isteʼmoli bilan teng. Agar chatbotni o‘qitish va tuzish uchun taxminan bir oy vaqt ketgan taqdirda ham u sarflagan ichimlik suvi miqdori qariyb O‘zbekistonning yarim aholisi isteʼmol qiladigan miqdorga teng bo‘lardi. 

 

ChatGPT serverlari kuniga 320 ta Tesla avtomobilini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan suvni sarf qiladi.

 

Microsoft maʼlumotlariga ko‘ra, kompaniya ChatGPT uchun alohida superkompyuterdan foydalanadi. Ushbu server 10 mingta grafik karta va 285 ming protsessor yadrosidan iborat. Ularning ishlashi uchun nafaqat suv, balki juda ko‘p elektr energiyasi ham talab qilinadi.

 

Faqat ChatGPT‘ni o‘qitish uchun 1300 MVt/soatdan ko‘proq elektr energiyasi kerak bo‘lgan. Bundan tashqari, bu energiya miqdori Farg‘onadan Ustyurtgacha deyarli 1600 marta borib-kelishga yetadi. 

 

ChatGPT bitta so‘rov uchun qancha elektr sarflashi hali aniq emas. Kelajakda neyron tarmoqlarning resurs isteʼmoli faqat oshadi, deb hisoblanmoqda. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика