1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ichimlik suvi tarmog‘i taʼmirlanayotganda suv transportda yetkazib beriladi

Bu masalaga oid Prezident Qonuni imzolandi.

Ichimlik suvi tarmog‘i taʼmirlanayotganda suv transportda yetkazib beriladi

 

Qonunga ko‘ra, isteʼmolchilarning sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlanishi kafolatlanadi.

 

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 

Har qanday tashkilotlar ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti sifatida faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

 

Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari isteʼmolchining hayotiga, sog‘lig‘iga hamda mol-mulkiga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganlik uchun javobgar bo‘ladi.

 

Isteʼmolchilar ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlarning uzluksiz va xavfsiz ko‘rsatilishini, shuningdek o‘z hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga xavf tug‘dirmaydigan sifatga va miqdorga ega bo‘lgan ichimlik suvi berilishini shartnoma shartlariga muvofiq talab qilish huquqiga ega.

 

Ichimlik suvi quyidagi hollarda transportda yetkazib beriladi:

 

 

  • ichimlik suvi taʼminoti tashkilotining tarmoqlari mavjud bo‘lmagan hududlarga;
     
  • ichimlik suvi quvurlaridagi va ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarining boshqa inshootlaridagi avariyalar chog‘ida;
     
  • ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilayotganda;
     
  • favqulodda vaziyatlarda.

 

 

Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi va OAVda eʼlon qilingandan keyin 15 kundan so‘ng kuchga kiradi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика