1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Najmiddin To‘raxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi

Respublika bo'yicha aholining barcha tezkor va shoshilinch xizmatlarga murojaatlarini hal qilish maqsadida yagona “112” tezkor raqami ishga tushiriladi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Najmiddin To‘raxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi

 

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan IIV kengaytirilgan hayʼat yig‘ilishida Ichki ishlar vazir o‘rinbosari Najmiddin To‘raxojayev lavozimidan ozod qildi.
 

Prezident matbuot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, tizimda raqamlashtirish ahvoli qoniqarsizligi tanqid qilindi. Ichki ishlar vazirining bu masalalar uchun masʼul o‘rinbosari zimmasiga yuklatilgan birorta vazifa oxirigacha yetkazilmagani ko‘rsatib o‘tildi va shu munosabat bilan vazir o‘rinbosari N.To‘raxojayev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
 

Shuningdek, yig'ilishda Ichki ishlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklariga ikki oy muddatda har bir viloyat-tuman-mahalla kesimida ijtimoiy va kriminogen muammolarni raqamlashtirish orqali “Ijtimoiy vaziyat” axborot tizimini ishga tushirish topshirildi. Bunda, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan ijtimoiy muammolarning yagona reyestri shakllantiriladi, masʼul idoralarning kuchi muammoga qarab manzilli yo‘naltiriladi.

 

Bundan buyon viloyat va tuman ichki ishlar rahbarlari har oyda kamida bir marta tuman va shahar kengashlariga jinoyatchilik ahvoli bo‘yicha hisobot berishi belgilandi. Bundan tashqari, Ichki ishlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklari oldiga aholining barcha tezkor va shoshilinch xizmatlarga murojaatlarini operativ hal qilish maqsadida yagona “112” tezkor raqami va dispetcherlik tizimini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

 

Ushbu tizim 2024-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 1 iyulga qadar vodiy viloyatlarida, kelasi yil yakuniga qadar esa barcha tuman va shaharlarda ishga tushirilishi shart. Shu orqali navbatchilik qismlari faoliyati ham tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика