1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ichki ishlar xodimlari “qo‘shmachilik”ka sharoit yaratdi

Ular “rahnamolik qilib” ko‘rsatmalar bergan va to‘siqlarni yo‘qotish, fohishaxonalarni tashkil etish uchun qulay bo‘lgan joylarni topishga ko‘maklashgan.

Ichki ishlar xodimlari “qo‘shmachilik”ka sharoit yaratdi

 

Shuningdek, Ichki ishlar idoralari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilishi haqida guruh aʼzolariga oldindan xabar berib faoliyatni biroz muddatga to‘xtatib turishini aytib, ogohlantirish berib turgan.

 

Hojatbarorlar Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha 38 yoshli tezkor vakili, Mirobod tuman IIO FMB 2-sonli Ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limining 37 va 29 yoshli profilaktika inspektorlari bo‘lgan.

 

Uyushgan guruh rahbari vaqtincha ishsiz, oliy maʼlumotli ayol. U boshqarib kelgan fohishaxona 2014 yildan 2020 yilning 22 sentyabrʼ kuniga qadar Toshkent shahrining turli hududlarida faoliyat ko‘rsatgan.

 

Qo‘shmachi sheriklari bilan xonadonlarni ijaraga olib, fuqarolarning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.

 

Uyushgan guruh aʼzolari muntazam ravishda fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar haqidagi maʼlumotlar hamda intim xizmat ko‘rsatish elonlarini internet ijtimoiy tarmog‘iga joylab, bu uchun fohisha ayollarning o‘zidan har oyda 50-100 AQSH dollardan pul olishgan.

 

Davlat organi xodimi o‘z mansabidan foydalanib, uyushgan guruhga g‘arazli niyatlarini amalga oshirish uchun ko‘mak berib kelgan.

 

Masalan, Toshkent shahar IIB xodimi hamkasblari tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan tezkor tadbirlar haqida guruh rahbariga sms va telefon qo‘ng‘iroqlari orqali ogohlantirish xabarlarini jo‘natib, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rishga to‘sqinlik qilgan.

 

Profilaktika inspektorlari esa jinoyatni fosh etish o‘rniga fohishabozlik bilan shug‘ullanuvchi guruhga o‘z hududidan ijaraga xonadonlarni topish hamda ularning faoliyatlari uchun yordam berib kelgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudi sudyasi Farhod Hayitov raisligida oldindan til biriktirib, qo‘shmachilik bilan shug‘ullanish uchun fohishaxonalar tashkil etish hamda odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanuvchi 8 nafar sudlanuvchilarga nisbatan sud bo‘ldi.

 

Hukmga ko‘ra, guruh rahbari uzil-kesil 7 yil 6 oy muddatga, Toshkent shahar IIB tezkor vakili 3 yil muddatga huquqni muhofaza qilish idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 yil 6 oy muddatga, Profilaktika inspektorlarining har ikkisi 6 yil ozodlikdan mahrum etildi. Guruhning qolgan aʼzolari ham ozodlikdan mahrum qilish jazosiga xukm qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика