9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 16-aprelda "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi PF-65-sonli farmonni imzoladi. Bunda barcha xarajatlar respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili urush qatnashchilariga 18 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti berilgan edi.


