1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

IIO narkologik kasalliklarga chalinganlarni majburiy davolashga yo‘naltirishi mumkin

Ichki ishlar organlariga qo'shimcha vakolat berildi.

IIO narkologik kasalliklarga chalinganlarni majburiy davolashga yo‘naltirishi mumkin

 

Prezident "Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.

 

Hujjatga muvofiq, ichki ishlar organlariga narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy tartibda davolashga yuborish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish vakolati berildi. 

 

Hujjatlar narkologiya muassasalari, oila aʼzolari iltimosiga ko‘ra, shuningdek ichki ishlar organlarining o‘z tashabbusi bilan (oila aʼzolarini xabardor qilgan holda) ichki ishlar organlari tomonidan tayyorlanib, rasmiylashtiriladi. 

 

Ichki ishlar organlari shaxsni ekspertizadan o‘tkazish uchun uning yashash joyi bo‘yicha narkologiya dispanseriga yetkazadi. Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ichki ishlar organlari to‘plangan hujjatlarni shaxsni yashash joyida yoki narkologiya dispanseri joylashgan hududdagi sudga kiritadi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика