1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

IIV xodimini o‘ldirib, jasadini Chirchiq daryosiga tashlab ketgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

O‘tgan yili sentabr oyida IIBning tezkor xodimi o‘zaro kelishmovchilik oqibatida bir guruh shaxslar tomonidan o‘ldirib ketilgandi.

IIV xodimini o‘ldirib, jasadini Chirchiq daryosiga tashlab ketgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

 

2022 yilning 29-sentabr kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi boshqarmasining tezkor xodimi o‘zaro kelishmovchilik oqibatida bir guruh shaxslar tomonidan o‘ldirilgan. Qotillikdan keyin jasad yoqib yuborilib, so‘ng Chirchiq daryosiga tashlangan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi uch nafar shaxsga nisbatan hukm chiqardi.

 

  • JKning 28, 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishda ishtirokchilik) 2-qismi «p» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 1987 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 23 yil;

 

  • JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «i,p» bandlari, 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi “a” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 1986 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 24 yil;

 

  • JKning 97-moddasi 2-qismi «i,p» bandlari va 164-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 1984 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 24 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi va o‘ta xavfli retsidivist deb topildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика