1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Ijtimoiy tarmoqlarning ruhiy salomatlikka xavfi aniqlandi

Ruhiy kasalliklarning kuchayishiga ijtimoiy tarmoqlar sabab bo'lishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarning ruhiy salomatlikka xavfi aniqlandi

 

Kanadalik olimlar ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanish ruhiy kasalliklar, jumladan, narsisizm, dismorfofobiya, ovqatlanish buzilishi, shizofreniya va bipolyar buzilish belgilarini kuchaytirishi mumkinligini aniqladi.

 

Tadqiqotchilar 2004–2022 yillarda chop etilgan 155 ta ilmiy maqolani tahlil qilib, ijtimoiy tarmoqlarning “xayoliy g‘oyalarni kuchaytiruvchi” muhit yaratishini ta’kidladilar. Masalan, narsissistik shaxslar yoqtirishlar va izdoshlar orqali o‘zini tasdiqlashga intiladi, dismorfofobiyaga chalinganlar esa o‘z tanasini boshqalar bilan solishtirish orqali o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi.

 

Shizofreniya bilan og‘rigan odamlarda esa paranoyya va aldanish hissi ortishi mumkin. Olimlarning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar bevosita ruhiy kasalliklarga sabab bo‘lishi isbotlanmagan, ammo ularning salbiy ta’siri yaqqol sezilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика