Xitoylik olimlar sayyoradagi eng baland tog‘ cho‘qqisi joylashgan Himoloy tog‘ tizimida sodir bo‘layotgan jarayonlarning kompyuter modelini ishlab chiqishdi.
Ular taxminan 90 ming yil oldin Himoloy tog‘larini kesib o‘tuvchi Nepaldagi eng katta daryo – Arunning irmog‘larida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini aniqlashdi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, Everest yiliga 0,16-0,53 millimetrga “o‘syapti”. Endi uning balandligi 8849 metr. Shunga o‘xshash jarayonlar qo‘shni Lxosze va Makalu cho‘qqilariga taʼsir qiladi. Tadqiqotchilar taʼkidlaganidek, o‘sish jarayoni cheksiz davom etmaydi.
“Bu daryo tizimi yangi muvozanat holatiga kelguniga qadar davom etadi”, deb taʼkidlaydi tadqiqot mualliflaridan biri.


