1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Ikki o‘smir keksa ayolning uyini portlatib yubordi

Hammasi o‘yindan boshlangan.

Ikki o‘smir keksa ayolning uyini portlatib yubordi

 

Angliyaning Surrey grafligida o‘smirlar keksa ayolning pochta qutisiga petarda tashlab yuborganidan keyin u halok bo‘ldi.

 

2021-yil 21-oktyabrda 18 yoshli Kay Kuper o‘zining do‘sti bilan do‘kondan pirotexnika sotib oldi.

 

"Men tez portlaydigan va baland uchadigan narsani xohlayman", — degan Kuper sotuvchiga.

 

Avvaliga yoshlar restoran va pab yaqinidagi ko‘chada bir nechta pirotexnika otishgan, avtomashinalar yoniga petarda qo‘yishgan va hatto qo‘rqib ketgan o‘tkinchilar tomon ham uloqtirgan.

 

Shundan so‘ng, o‘smirlar 88 yoshli Jozefina Smit yashagan uyga kelishdi. Bu vaqtda u uxlab yotardi. 17 yoshli yigit petardani olib, yo‘l bo‘ylab yugurib o‘tib, uni pensionerning pochta qutisiga tashladi. Tez orada ikkita portlash sodir bo‘ldi, shundan so‘ng uy yonib ketdi. Kuper va uning do‘sti voqea joyidan qochib ketgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика