1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ikki viloyatda yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik aniqlandi

DXX bu bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazdi.

Ikki viloyatda yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik aniqlandi

Samarqand va Andijon viloyatlarida yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Oltinko‘l tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.Sh. “Ittifoq” MFY hududidagi 80 sotix noturar yer maydonini fuqaro A.B.ga firibgarlik yo‘li bilan 160 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari yordamida ushbu yer maydonini turar joy sifatida foydalanishi uchun yana 10 000 AQSH dollari berishi kerakligini aytib, kelishilgan pullar hisobidan 50 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shuningdek, Departament, DXX va IIB Samarqand viloyati boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.E. Payariq tumani “Maniobod” mahallasida joylashgan ijara huquqi asosida dehqon xo‘jaligini yuritishi uchun ajratilgan 2,1 gektar yer maydonini fuqaro A.A.ga 36 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика