1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ikki yarim yil avval yo‘qolgan bola qidiruvga berildi

U 2021-yil 26-aprel kuni o‘z uyidan chiqib ketgan.

Ikki yarim yil avval yo‘qolgan bola qidiruvga berildi

 

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bedarak yo‘qolgan yigit qidirilmoqda. Uni topishda ko‘maklashganlar 10 million so‘m bilan mukofotlanadi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati хаbar berdi.

 

Qayd etilishicha, Faxriddin Nuriddinov 2005 yil 16 mayda tug‘ilgan. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Barraj» MFY Oxunboboyev ko‘chasi 58-uyda yashagan. U 2021 yil 26 aprel kuni o‘z uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

 

Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, ozg‘in gavdali, sochi qora, qoshi qalin, ko‘zi qora, qirra burun, labi va quloqlari o‘rtacha kattalikda, yuz ko‘rinishi dumaloq.

 

Egnidagi kiyimlari: bo‘ri tasvirli qora rangli jemper, ko‘k jinsi shim, oyog‘ida qora sport krossovkasi bo‘lgan.

 

Bedarak yo‘qolgan shaxsni topishda ko‘maklashgan fuqaro 10 million so‘m bilan mukofotlanadi. Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar 102 qisqa raqami orqali xabar berishi so‘ralgan. Xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика