Amerikalik milliarder Ilon Mask endi “Forbes” ro‘yxatida birinchi emas. U dunyoning eng boy odami nomini fransiyaning LVMH (LVMH Moet Hennessy - Louis Vuitton) qimmatbaho buyumlar ishlab chiqaruvchisi Bernar Arnoga berib qo‘ydi.
“Forbes” hisob-kitobiga ko‘ra, Maskning boyligi 184,6 mlrd dollar, Arno va uning oilasi esa 185,1 mlrd dollarga egalik qiladi.
Ilon Mask 2022-yilda Tesla aksiyalari tushishi ortidan 100 mlrd dollar zarar ko‘rdi.


