1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Ilon Mask kompaniyasi miya chiplarini odamlarda sinab ko‘radi

Klinik sinov ishtirokchilari haqida maʼlumotlar tez orada eʼlon qilinadi.

Ilon Mask kompaniyasi miya chiplarini odamlarda sinab ko‘radi

 

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning miya chiplari ishlab chiqaruvchi “Neuralink” kompaniyasi insonlarda miya chiplarini sinab ko‘rish uchun ruxsat oldi. Bu haqda RIA Novosti kompaniyaga tayanib xabar berdi.

 

Kompaniya 2022 yil boshida AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasiga (FDA) bunday sinovlarni o‘tkazish uchun ruxsat so‘rab murojaat qilgan. Biroq departament kompaniyaning arizasini rad etgan.

 

"Biz odamlarda klinik sinovlarni boshlash uchun FDA ruxsatini olganimizni eʼlon qilishdan mamnunmiz! Bu Neuralink jamoasining FDA bilan yaqin hamkorlikdagi ajoyib ishining natijasidir", — deya kompaniya xabaridan iqtibos keltirdi Sputnik O‘zbekiston nashri.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, bu texnologiya ko‘proq odamlarga yordam berishga imkon beradigan muhim qadamdir.

 

Klinik sinov ishtirokchilarini ishga olish bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar tez orada eʼlon qilinadi.

 

Mask avvalroq "Neuralink‘ning “inqilobchi miya implantati” falaj yoki ko‘z ojizligi kabi holatlarni yengib o‘tishga yordam berishini aytgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика