X ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va tadbirkor Ilon Mask o‘z obro‘siga o‘zi zarar yetkazayotganini istehzo bilan ta’kidladi.
"Mening obro‘yimni buzishga qancha urinishlar bo‘lganligi hayratlanarli, ayniqsa men tomondan", — deb yozdi Mask o‘zining sahifasida.
Mazkur hazil aralash izoh Mask va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida yuzaga kelgan keskin tortishuvlar fonida bildirilgan. Ilon Mask Oq Uy iqtisodiy siyosatini keskin tanqid qilib, hatto Trampga nisbatan impichment g‘oyasini ham ilgari surgan.
Bunga javoban, Tramp Maskni mas’uliyatsizlikda ayblab, uning kompaniyalari bilan tuzilgan davlat shartnomalarini bekor qilish bilan tahdid qilgan. Shuningdek, u Maskni "aqldan ozgan" deb atab, prezidentlik qonun loyihalarini tanqid qilgani uchun undan chuqur hafsalasi pir bo‘lganini bildirgan.
Mask esa bunga javoban u bo'lmaganida Tramp saylovda g‘alaba qozona olmasligini aytib, prezidentni noshukurlikda aybladi:
"Demokratlar Vakillar Palatasini nazorat qilganida, respublikachilar Senatda 51-49 ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lar edi".
Bundan tashqari, Mask Trampni taniqli moliyachi Jeffri Epshteyn bilan aloqadorlikda ayblab, u voyaga yetmaganlar savdosi va jinsiy ekspluatatsiyada gumon qilinayotgan ishlar doirasida Trampni tanqid qildi.


