Amerikalik tadbirkor Ilon Mask sunʼiy intellekt sohasida X.AI kompaniyasiga asos soldi. Bu haqda «Sputnik» nashri yozmoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Ilon Mask Nevada shtatida ro‘yxatdan o‘tgan X.AI nomli yangi sunʼiy intellekt kompaniyasini yaratdi.
O‘tgan oy taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, Mask kompaniyaning yagona ko‘rsatilgan direktori hisoblanadi. Maskning oilaviy investitsiya firmasi «Excession»ni boshqaruvchi Jared Birchall esa kompaniya kotibi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq neyron tarmoqlar va sunʼiy intellekt rivojlanishini to‘xtatib turish bo‘yicha takliflar fonida Ilon Mask Super intellektni ishlab chiquvchilar haqidagi latifani eslatgan edi. U bu latifa bilan sunʼiy intellektning nazoratsiz rivojlanishi xavfi haqida ogohlantirdi.


