1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ilon Mask tarixdagi eng boy odamga aylandi

Milliarder rekord darajada boyib bormoqda.

Ilon Mask tarixdagi eng boy odamga aylandi

2023-yil boyligi qariyb 120 milliard dollarga oshgan amerikalik tadbirkor o‘z rekordini yangiladi. Bu haqida Bloomberg nashri yozmoqda.

 

Qayd etilishicha, uning boyligi 348 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy yuksaklikka erishdi. Avvalgi rekord 340,4 milliardni tashkil etgandi, bu ham Mask tomonidan 2021 yilning noyabrida o‘rnatilgandi.

 

Maʼlumot uchun, Maskning eng yaqin raqibi, Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi 219 milliard dollarga teng.

 

Maskning boyligi oshishi uning kompaniyalari, xususan Tesla va sunʼiy intellekt startapi  muvaffaqiyati bilan bog‘liq. Bundan tashqari, Trampning AQSH prezidentlik saylovidagi g‘alabasi biznesmenning muvaffaqiyati va kompaniyalari qiymatining o‘sishida muhim rol o‘ynagan. Mask Respublikachi nomzodini ochiq qo‘llab-quvvatlagan kam sonli biznes rahbarlaridan biri edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика