Amerikalik biznesmen Ilon Mask Twitterʼda Ukrainaga 100 million dollar xayriya qilganini aytdi.
“Men Ukrainaga 100 million dollar xayriya qildim, siz esa qancha xayriya qildingiz?” — dedi tadbirkor yozuvchi Stiven Kingning xabariga javob berib.
Avvalroq yozuvchi uni ko‘k Twitter tasdiq belgisini “xayriya qilishga” chaqirgan va Kiyev uchun xayriya yig‘uvchi “Serhiy Pritula” jamg‘armasini tavsiya qilgandi.
O‘tgan yilning noyabr oyida ijtimoiy tarmoq ko‘k tasdiqlash nishoni bilan oyiga sakkiz dollarlik obunani yangilashni boshladi.


