1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi

“Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilidan davlat oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha dual taʼlim shakli joriy etiladi.

 

Maktabgacha taʼlim yo‘nalishining sirtqi va kechki taʼlim shakllari bo‘yicha har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi.

 

2018–2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi.

 

2024 yil 1 oktyabrdan jismoniy shaxs bir paytning o‘zida bir nechta oilaviy nodavlat bog‘chada mehnat faoliyatini yuritayotgan bo‘lsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.

 

2025 yil 1 Sentyabrdan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimlar Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida elektron shaklda tuziladi.

 

2025 yil 1 yanvardan qamrov darajasi past bo‘lgan davlat umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining bo‘sh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика