1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Innovatsion infratuzilma subyektlari soni oshiriladi

07:22 / 07.07.2022

1.4k

Innovatsion infratuzilma subyektlari soni oshiriladi

Innovatsion infratuzilma subyektlari soni oshiriladi

1-avgustdan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishda “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy taʼlim tashkilot” zanjiri joriy etiladi.

 

“2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.

 

Kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal o‘sishini taʼminlash Strategiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

 

Xususan, Farmonga muvofiq Strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

 

Maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida:

 

–        innovatsion faoliyat subyektlari soni 613 tadan 2 250 tagacha yetkaziladi;
 

–        innovatsion infratuzilma subyektlari soni 3 baravarga oshiriladi;
 

–       innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni 4 baravarga oshiriladi.

 

2022-yil 1-avgustdan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishda “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy taʼlim tashkilot” zanjirining yaxlit tizimi joriy etiladi.

 

2022-yil 1-avgustdan “tubdan yangilovchi” innovatsiyalar yaratishni rag‘batlantirishning quyidagi tizimi joriy etiladi:

 

–   mahalliy ilmiy tashkilotlar va korxonalarga innovatsion tovarlar bo‘yicha davlat organlari bilan shartnomalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash huquqi beriladi;
 

– ustav fondida 50 va undan ko‘p foiz davlat ulushi bor xo‘jalik jamiyatlarida foyda solig‘ini to‘lagungacha uning 10 foizgacha ajratmalaridan Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

 

Bunda:

 

–     mablag‘lar “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarni yaratishga va joriy qilishga yo‘naltiriladi;
 

– Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar portfeli Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика