Yevropani qamrab olgan jazirama turizm sohasiga ta’sir qiladimi? O'rta yer dengizi anomal issiq sharoitida ham eng mashhur sayohat yo'nalishlaridan biri bo'lib qoladimi? Bir qator mutaxassislar shu va boshqa savollarga javob berishdi.
Bugungi kunda Yevroittifoqning bir qator davlatlarida, jumladan, Italiyaning Sardiniya orolida havo harorati 48 daraja, Ispaniyada 47 daraja, Gretsiyada 40 daraja issiqni ko'rsatmoqda. Yevropani qamrab olgan issiqlik to'lqini millionlab sayyohlarning rejalariga ta'sir qilishi mumkin. Sababi ushbu davlatlar iqtisodi turizm sektoriga bog'liq. Undan tushadigan daromad Yevropa yalpi ichki mahsulotiga katta hissa qo‘shadi.
Olimlarning bunday anomal ob-havo endi tez-tez kuzatilishi haqidagi prognozlarini inobatga olinsa, kelajakda bir qator jiddiy iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu taxmin shunchaki qo'rquv emas, uni Yevropa komissiyasi keltirgan faktlar va raqamlar tasdiqlaydi.
Insoniyat tarixidagi eng kuchli issiqlik to'lqinlari turizm bozorini o'zgartiradi
Yevropa Ittifoqi sayyohlik komissiyasi tahlilchisi Devid Garsiya Leon Yevropaning turizmga boʻlgan talabning aniq namunasini aniqladi. O'rganishlarga ko'ra, shimoliy hududlar iqlim oʻzgarishining ushbu nomaqbul taʼsiridan foyda koʻradi, janubiy hududlar esa sayyohlar kelishining sezilarli darajada qisqarishiga duch kelishi kutilmoqda.
Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma'lumotlariga ko'ra, Yevropa hali ham dunyodagi eng ko'p sayyohlar tashrif buyuradigan mintaqadir. Qit'a 2020-yilda butun dunyo turizm tushumlarining 41 foizini taʼminlagan, bu dunyo bo'ylab sayohat qilganlarning 51 foizini tashkil etadi, bu esa 582 million sayyoh degani.
Bugungi kunga kelib ko'plab dam oluvchilarning qiziqishi Yevropaning janubidan shimoliy qismiga o'tmoqda. Bu juda sekin, ammo sezilarli darajada o'sib bormoqda.
Ispaniya, Gretsiya, Tunis kabi mamlakatlardagi sayyohlik kompaniyalari va tur operatorlar turistlar oqimi iyul va avgust oylarida kamroq, iyun va sentyabr oylarida ko'proq bo'lishini prognoz qilmoqda. Chunki bu oylarda harorat nisbatan pastroq bo'ladi. Shu bilan birga, kompaniyalar uchun yana bir yaxshi tomoni ko'pincha o'z sayohatlarini bir necha oy oldin bron qilgan dam oluvchilar rejalarini bekor qila olmaydilar. Chunki yozgi mavsum uchun bronlar odatda yilning birinchi yarmida amalga oshiriladi. Shuning uchun hozirgi vaziyat asosan, so‘nggi daqiqalardagi qarorlarga ta’sir qiladi.
Shuningdek Yevrokomissiya ma'lumotlariga ko'ra, bu yil qit'aga sayohatchilarning kelishi 2019-yildagi pandemiyadan avvalgi ko'rsatkichlarga yetgan.
Doimiy yuqori inflyatsiya va sayohat xarajatlarining o'sishiga qaramay, Yevropa bo'ylab sayohatga kuchli talab bor. Bunga qulay valyuta kursidan foydalanib qolayotga Qo'shma Shtatlardan kelgan mehmonlar ham yordam beradi. YeK tomonidan e'lon qilingan turizm bo'yicha statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, amerikalik dam oluvchilar soni ayniqsa Portugaliyada (79 foizga oshgan), Turkiyada (78 foizga oshgan) va Chernogoriyada (43 foizga oshgan) kuzatilmoqda.
Umuman olganda, tendensiya pul uchun yaxshi qiymat taklif qiladigan mamlakatlar uchun ijobiy ko'rinish olgan.


