
"Bugundan boshlab foydalanuvchilarga o‘z akkauntlarini himoya qilishda yordam beruvchi yangi Security Checkup funksiyasi ishga tushadi. U akkauntlari hujumga uchragan foydalanuvchilarga bir necha bosqichdan o‘tib, o‘z sahifasini himoya qilishga yordam beradi", - deyiladi kompaniya xabarida.
Akkauntlari hujumga uchrashi xavfi bo‘lgan foydalanuvchilar boshqa qurilmalardan ularning sahifasiga kirishga urinish bo‘lganini tekshirishlari, sahifadagi maʼlumotlar to‘g‘riligini tekshirishlari yoki sahifani qayta olish uchun uni yangilashlari mumkin.
Kompaniya mutaxassislari shaxsiy sahifani hujumlardan himoya qilish uchun, shuningdek, ikki faktorli identifikatsiyadan o‘tib, telefon raqami yoki elektron pochtasini qoldirishni tavsiya qilishadi.
Sharofat Mahmudova


