1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Instagram‘da “yashaydigan” mashhurlar

“Podpischik” yig‘ishda faol va kuzatuvchilari yuqori o‘zbek shou-biznes vakillarining “Top-10”taligi bilan tanishing.

Instagram‘da “yashaydigan” mashhurlar

 

Peshqadamlikni qo‘ldan boy bermay kelayotgan xonanda Munisa Rizayevaning obunachilari soni 5,3 million ziyod. U o‘z sahifasida ko‘pincha hayotida sodir bo‘layotgan unutilmas onlari aks ettirilgan fotosuratlar va premyerasi kutilayotgan yangi taronalari bilan bo‘lishishni yaxshi ko‘radi.

 

Reytingning ikkinchi o‘rnida esa latofatli Shahzoda. Uning kuzatuvchilari soni 5,1 milliondan ziyod.

 

Uchinchi o‘rinni aktrisa, teleboshlovchi va dizayner Shahzoda Muhammedova band etgan. Uning 4,4 milliondan ortiq kuzatuvchisi bor. Uning sahifasi ayrim sabablarga ko‘ra bir muddat bloklanib qolgan bo‘lsada, kuzatuvchilar “barakasi” uchmadi. Akkauntini yana qaytarib olgan Muhammedova Instagram sahifasini boyitishda davom etmoqda.

 

Rayhon G‘aniyeva to‘rtinchi o‘rinda. Uni Instagram 4,3 million obunachi kuzatadi.

 

"Top 10"talikning beshinchi pog‘onasida yaqinda onalik baxtiga erishgan aktrisa Asal Shodiyeva turibdi. Uning obunachilari soni 3,4 million nafarni tashkil etadi.

 

Aktrisa Durdona Qurbonova esa Asal Shodiyeva bilan bellasha oladi. Ularning kuzatuvchilari soni deyarli teng. Bu ikki aktrisa xalqning va jurnalistlarning eʼtiborida birdek qiziq bo‘lgan vakillardan hisoblanadi.

 

Raqqosa va aktrisa Parizoda o‘zining 3,2 million obunachilari bilan keyingi pog‘onani band qilib turibdi. U o‘z sahifasida farzandlari Eʼzoza va Saʼdiyaning qiziqarli videolarini muxlislari eʼtiboriga havola etib boradi.

 

Oltinchi o‘rinni xonanda Shohruxxon egallab turibdi. Uning obunachilari soni turmush o‘rtog‘inikidan kamroq. Uning 3,1 million obunachilari bor.

 

O‘z sahifasida sayohatlari va esda qolarli fotosuratlarini joylab, o‘z muxlislari bilan baham ko‘radigan xonanda Lola Yuldashevaning 3 million obunachi kuzatadi.

 

Aktrisa 2,7 million obunachi bor. U muxlislari uchun kunlik qilgan ishlari-yu, syomkalaridan “storislar” joylab boradi.

 

Isteʼdodli xonanda Shahlo Ahmedova 2,4 million obunachi bilan to‘qqizinchi pog‘onadan joy oldi.

 

Nihoyat reytingning o‘ninchi o‘rinni aktrisa va teleboshlovchi Sitora Farmonova egalladi. U 2,3 million obunachiga ega. Sitora sahifasida o‘z faoliyati bilan bog‘liq storis va postlarni doimiy joylab boradi.

 

Nigina Maʼrufjonova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика