Bir necha oy oldin "Inter" juda alamli vaziyatga tushib qoldi. Jamoa Chempionlar ligasida "Atletiko"ga yutqazdi va mavsum mart oyi boshida yakuniga yetdi. Shuningdek, A Seriyadagi barcha masalalar anchadan beri yopilgan va “Inter” 2023-yilning dekabrida Kubokdan chiqib ketgandi. Indzagi jamoasi o'zining ulkan kuchi, moslashuvchanligi va jamoaviy ishlashi bilan mavsum tugashiga uch oy qolganida qayta o'rnidan turdi.
Katta jamoa katta vazifalarsiz mavjud bo'lmaydi. "Inter" juda katta jamoa. Milanliklar Joze Mourinyoning "oltin" davridan beri bu darajaga chiqa olmagan. Hozirgi "Inter" ko'zni quvontiradi. Agar Joze jamoasi natijalarni siqib chiqargan bo'lsa, Indzagi jamoasi futbol o'ynaydi. Va ayni paytda ijobiy natijalarga erishadi.
Biroq, muhim bir "lekin" bor. Mourinyo boshchiligidagi “Inter” barcha turnirlarda yakuniy maqsadiga yetdi. Bu jamoa yakuniy natijaga erishdi. Indzagi boshchiligidagi "Inter" esa yorqin o'yinlari bilan ajralib turdi. Chempionlar ligasidan erta chiqib ketish fonida A Seriyada g'alaba qozonish imkoniyati kichik narsadek ko'rinardi. Ammo, jamoa barchasini uddaladi va muxlislarini yana bir bor xursand qilishga erishdi. "Inter" o'tgan mavsumda Chempionlar Ligasining ta'mini olgandi. Jamoa chempionlikka bir qadam qolgan edi. Va endi yanada kuchliroq bo'lib qaytishni xohlaydi. "Inter" keyingi mavsumda katta maqsadlarni orzu qilmoqda. Inzagi qoladi, Mehdi Taremi va Piotr Zielinski kelishi kutilmoqda. Balki, boshqa yangi o'yinchilar paydo bo'lar. Ammo hozirgi jamoa - kuchga to'la va, ko'rinib turibdiki, zaif tomonlari yo'q. Simone Indzagi juda moslashuvchan, boshqariladigan va ajoyib jamoani yaratdi. Bu jamoa A Seriyada 100 dan ortiq ochko to'plashi mumkin.


