1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Internet orqali bolalarga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar uchun jazolar kuchaytirildi

Senat bolalarni internet zo‘ravonligidan himoya qiluvchi qonunni qabul qildi.

Internet orqali bolalarga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar uchun jazolar kuchaytirildi

 

Oliy Majlis Senati bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan qonunni qabul qildi. Bu haqda parlament yuqori palatasining matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qonun bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularni jinsiy zo‘ravonlikdan asrash, shuningdek, jinoyat ishlarida voyaga yetmagan shaxslarning guvoh yoki jabrlanuvchi sifatida ishtirok etishini tartibga soluvchi aniq huquqiy mexanizmlarni joriy etishni nazarda tutadi.

 

Hujjatda telekommunikatsiya tarmoqlari va internetdan foydalangan holda bolalarga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Mazkur norma internet muhitida bolalarga qarshi sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan.

 

Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning bir kunlik maksimal davomiyligi aniq belgilandi. Shuningdek, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonuniy vakillarining so‘roq jarayonida ishtirok etish tartibi mustahkamlandi.

 

Senatorlarning taʼkidlashicha, ushbu qonun jinoyatlarning oldini olish, sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun jazoning muqarrarligini taʼminlash hamda bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика