1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Qidiruvda bo‘lgan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

U ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun jinoiy guruh tuzgani aytilmoqda.

Qidiruvda bo‘lgan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

 

Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi Milliy markaziy byurolari (MMB) hamkorligida xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchining deportatsiya masalasi hal qilindi

 

Ma'lum bo'lishicha, hamkorlikdagi tezkor-qidiruv harakatlar hamda o‘zaro axborot almashinuvi, ikki davlat Interpol MMBlari rahbarlarining qidiruvni faollashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasidagi muzokaralari tufayli odam savdosi bilan shug‘ullanib kelgan va xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ayolning deportatsiyasi amalga oshirilgan.

 

Aniqlanishicha, u onasi va singlisi tomonidan izlangan, tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan shaxslar bilan avvaldan til biriktirib, ayollarni noqonuniy yo‘llar bilan fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘natish bo‘yicha uyushgan jinoiy guruh tuzgan. Jabrlanuvchilarni oilasi bilan ajrashgan va moddiy qiyinchilikka duch kelgan ayollar orasidan topgan. Shu tariqa, uchinchi davlatlar orqali BAAga olib chiqib, jabrlanuvchilarga yaxshi ish vaʼda qilingan, biroq Dubayga yetib kelgandan so‘ng ularning pasportini olib qo‘yib, fohishalik bilan shug‘ullanishga jo‘natib kelishgan.

 

Shu tariqa, Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlari o‘rtasida o‘tkazilgan kelishilgan harakatlar natijasida jinoyatchi hibsga olingandan so‘ng, O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика