1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Investitsiya vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi

Hududlarda ushbu vazifalar bilan Savdo-sanoat palatasining loyiha qiladigan va eksportga ko‘maklashadigan mutaxassislari shug‘ullanadi.

Investitsiya vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi

 

Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hozirgi tizimini qayta ko‘rib chiqib, hududlarda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalarini Savdo-sanoat palatasiga o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

 

Bu orqali loyiha qilish va eksport tizimi davlatdan tadbirkorlar o‘zini-o‘zi boshqaradigan tashkilotga o‘tkaziladi. Bu tadbirkorlarning talab va istaklariga quloq solish, ular bilan yaqindan hamkorlik qilib, muammolarini hal qilish maqsadida qilinmoqda.

 

Shuningdek, Investitsiya vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi. Hududlarda ushbu vazifalar bilan Savdo-sanoat palatasining loyiha qiladigan va eksportga ko‘maklashadigan mutaxassislari shug‘ullanadi.

 

Eksport agentligi va jamg‘armasi, “O‘zbekekspertiza” tashkiloti ham Savdo-sanoat palatasi tizimiga o‘tadi.

 

Ishlab chiqarish, eksport va brendlarga beriladigan grant, subsidiya va boshqa imtiyozlar palata orqali egasiga ochiq-oshkora va shaffof beriladigan tizim joriy qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика