1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Iordaniya valiahd shahzodasi saudiyalik arxitektorga uylandi

To‘yga 1 700 dan ziyod mehmon – taniqli insonlar, siyosatchilar, Qirollik oilasi aʼzolari keldi.

Iordaniya valiahd shahzodasi saudiyalik arxitektorga uylandi

 

Iordaniya Qiroli Abdulla II ning o‘g‘li, valiahd shahzoda Husaynning nikoh to‘yi bo'lib o'tmoqda.

 

Uning rafiqasi arxitektor Rajva Al-Saif Saudiya Qirollik oilasi bilan qon-qarindosh.

 

Marosimining birinchi kuni poytaxt Ammandagi Zahron saroyida bo‘lib o‘tdi.

 

To‘yga 1 700 dan ziyod mehmon – taniqli insonlar, siyosatchilar, Qirollik oilasi aʼzolari keldi. Ular orasida Britaniya valiahd shahzodasi Uilyam rafiqasi Keyt bilan, Ispaniyaning sobiq Qiroli Xuan Karlos 1 rafiqasi Sofiya bilan, Gollandiya Qirolligi juftligi Villem-Aleksandr va Maksima, shuningdek, AQSHning birinchi xonimi Jill Bayden hamda Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi bor.

 

Iordaniyaliklar Amman ko‘chalarini to‘ldirishdi, payshanba kuni mamlakatda dam olish kuni, deb eʼlon qilingan.

 

Qirollik to‘yi uch kun davom etadi.

 

28 yoshli valiahd shahzoda Husayn Sandxerst harbiy akademiyasi bitiruvchisi. Uning 29 yoshli rafiqasi Rajva taniqli tadbirkor Holida Al-Saifaning qizi. Kelin onasi tomonidan Saudiya Qirolligi xonadoniga yaqin hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика