1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

IPhone 13 rekord hajmdagi doimiy xotira bilan taʼminlanadi

Apple‘ning yangi smartfoni iPhone 13 rekord hajmdagi doimiy xotira bilan taʼminlanadi. Smartfon xotirasi bir terabaytni tashkil qiladi.

IPhone 13 rekord hajmdagi doimiy xotira bilan taʼminlanadi

 

 

Wedbush tahlilchisi Deniyel Ayvz maʼlumotlariga ko‘ra, kompaniya yangi smartfonini rekord hajmdagi xotira bilan jihozlashi haqida oldinroq ham maʼlum qilgan, endilikda esa buni inkor etuvchi biror axborot yo‘q.  

IPhone 13‘ning yana bir eʼtiborli jihati lidarga ega kamerasi bo‘ladi. U ushbu seriyadagi barcha smartfonlarga, jumladan hamyonbop iPhone 13 mini‘ga ham o‘rnatiladi.

Ayni vaqtda kompaniyaning oxirgi smartfoni iPhone 12‘ning doimiy xotirasi maksimal hajmi 512 Mbni tashkil qiladi, lidarlar esa seriyaning qimmat versiyalari - iPhone 12 Pro va 12 Pro Max‘dagina bor.

Ayvzning taʼkidlashicha, 2022 yil yozida Apple aralash reallik funksiyasiga ega smart-ko‘zoynakni, 2024 yilda esa haydovchisiz elektrokar Apple Car‘ni taqdim qilishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика