1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ipoteka kreditini olishda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etishi mumkin

Subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi.

Ipoteka  kreditini olishda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etishi mumkin

 

Qonunchilikka ko‘ra:

 

➖ daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilingan;

 

➖ dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qatʼiy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga to‘lanadi;

 

➖ subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;

 

➖ fuqarolar ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqiga ega.

 

Maʼlumot uchun: Prezident qaroriga asosan, yosh tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uchun kredit mablag‘lari 2022-2024 yillarda quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

 

🔸 kredit miqdori BHMning 1000 baravaridan 2 ming baravarigacha;

 

🔸 muddati – 7 yil, imtiyozli davr – 3 yil;

 

🔸 foiz stavkasi – Markaziy bankning asosiy stavkasida(hozirda 14 %).

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yosh tadbirkorlarga 540 million so‘mgacha kredit berilishi hamda banklarga beriladigan kreditlar muddatini cheklash amaliyoti bekor qilinishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика