3-mart kuni soat 09:00 dan boshlab ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun arizalar qabul qilish boshlanadi.
Qanday ariza topshirish mumkin?
— Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borib;
— Yoki onlayn tarzda my.gov.uz portalida quyidagi havola orqali: my.gov.uz/oz/service/325
Ariza topshiruvchi va uning yaqin qarindoshlari (arizada ko‘rsatilgan hollarda) uchun o‘rtacha daromad:
▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda: 3 118 500 so‘mdan 9 240 000 so‘mgacha.
▪️Toshkent shahrida: 3 118 500 so‘mdan 10 626 000 so‘mgacha.
▪️Ariza topshiruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida butun respublika hududida mulk huquqi bilan turar joy bo‘lmasligi lozim.


