Dunyo

Iqlim o‘zgarishi meʼmoriy yodgorliklarga tahdid solmoqda

 

Iqlim o‘zgarishi sababli jahon meʼmorchiligining namunasi bo‘lgan Potsdamdagi Sansusi saroyi va bog‘i katta xavf ostida.

 

XVIII asrda bu Prussiya qiroli Buyuk Fridrixning yozgi qarorgohi bo‘lgan. Prussiya qiroli uni Sansuci — "betashvish joy" deb atagan

 

Iqlim o‘zgarishi meʼmoriy yodgorliklarga tahdid solmoqda

 

Har yili Sansuci saroyiga millionga yaqin sayyoh tashrif buyuradi.

 

Iqlim o‘zgarishi tufayli u alohida qarovga muhtoj. Bog‘ direktori Maykl Roderning aytishicha, iqlim isishining taʼsiri taxminan o‘n yil davomida ko‘zga tashlanmoqda, biroq so‘nggi olti yilda yana-da yaqqol namoyon bo‘ldi.

 

Issiqlikdan tuproq va yer osti suvlari quriydi. Daraxtlar ham qurib qolgan. 20 yil oldin o‘nlab daraxtlar nobud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam bir necha yuzga yetgan.

 

Iqlim o‘zgarishi meʼmoriy yodgorliklarga tahdid solmoqda

 

Sansuci saroylarining baʼzilari hozirda noqulay ob-havo sharoitlaridan aziyat chekmoqda. Yuqori namlik mebel va devor qoplamalarini yo‘q qiladi.

 

Burchaklar ko‘kargan, mog‘orlangan va materiallar parchalanmoqda — hammasi iqlim o‘zgarishiga bog‘liq.

 

Issiqlik, qurg‘oqchilik va kuchli yomg‘irlar 300 yillik landshaftning holatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Copernicus iqlim o‘zgarishini o‘rganish xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, avgust — rekord darajadagi eng issiq oy bo‘ldi. O‘rtacha harorat 1991-2020 yillardagidan 0,7°S yuqori edi. Harorat rekordi iyundan avgustgacha bo‘lgan davrda qayd etilgan.

 

Iqlim o‘zgarishi meʼmoriy yodgorliklarga tahdid solmoqda

 

 

Avgust oyida Portugaliya, Italiya, Fransiya, Shimoliy Afrika, AQSHning markazi va janubida jazirama to‘lqini kuzatildi. Bu okeanlarga ham taʼsir qildi. 1980 yillarning boshidan beri okeandagi suv harorati sezilarli darajada oshdi. 2023 yilda u yarim darajadan ko‘proq isindi. Bu ham rekord ko‘rsatkichdir.

 

Antarktidaning aksariyat qismida dengiz muzlarining konsentratsiyasi o‘rtacha darajadan pastga tushdi.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish