1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Iqtisodiyot va moliya vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Vazirning ikki o‘rinbosari Toshkent viloyati tumanlariga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

 

O‘zAning xabar berishicha:

 

Ilhom Norqulov vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. U bunga qadar vazir o‘rinbosari edi;

 

Ahadbek Haydarov vazir o‘rinbosari etib tayinlangan, bunga qadar u qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari edi;

 

Abdulaziz Haydarov vazir o‘rinbosari etib tayinlangan, u bunga qadar Pensiya jamg‘armasi direktori edi;

 

Otabek Fozilkarimov vazir o‘rinbosari etib tayinlangan, u bunga qadar sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari edi;

 

Bobur Xodjayev vazir o‘rinbosari etib tayinlangan, u bunga qadar Prezident Administratsiyasida sho‘ba mudiri edi;

 

Shuningdek, Jasur Qarshiboyev ham vazir o‘rinbosari etib tayinlangan. Avval u vazirlikda Davlat ichki va tashqi qarz departamenti direktori bo‘lib ishlagandi;

 

Murod Atadjanov G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi etib tayinlangan;

 

vazir o‘rinbosarlari Erkin Rustamov va Dilshod Sultanov Toshkent viloyati tumanlariga hokim etib tayinlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика